logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

III Yoshlar Osiyo o'yinlari. O'zbekiston o'z ishtirokini 81 ta medal bilan 2-o'rinda yakunladi (+to'liq jadval)

 31 OKTYABR, 2025, 11:16

Bugun Bahrayn poytaxti Manama shahri mezbonlik qilayotgan yoshlar o'rtasidagi III Osiyo o'yinlari yakuniga etadi.

O'zbekiston sport delegaciyasi kecha kompleks musobaqadagi ishtirokini yakunlab ulgurdi. Bugun Yoshlar Osiyo o'yinlarining tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tadi va unda navbatdagi mezbon Kambodjaga musobaqaning ramziy bayrog'i topshiriladi. O'zbekiston sport delegaciyasi III Yoshlar Osiyo o'yinlarida tarixiy natija qayd etdi. Bundan avvalgi musobaqalarda umumiy medallarimiz 10 taga ham etmagandi. 

Manama sport arenalarida oz emas, ko'p emas, umumiy hisobda 81 ta medal qo'lga kiritdik. Sportchilarimiz 37 ta oltin, 16 ta kumush, 28 ta bronza medaliga ega chiqishdi. Bu borada umumjamoa hisobida mustahkam 2-o'rinni egalladik. Uchinchi pog'onadagi Qozog'iston terma jamoasi 24 ta oltin, 29 ta kumush, 40 ta bronza, jami 93 ta medalni rasmiylashtirdi. Medallar soni bo'yicha qo'shnilarimiz bizdan ustunlik qilishdi. Biz esa medallar sifati bo'yicha g'olib bo'ldik. 

Kutilganidek, Xitoy sport delegaciyasi katta farq bilan birinchi o'rinni egalladi. CHin yurti sportchilari 63 ta oltin, 49 ta kumush, 35 ta bronza, jami 147 ta medal bilan taqdirlanishdi. Top-10`talikdan Eron, Tailand, Hindiston, Gonkong, BAA, KXDR va Xitoy Taypeyi terma jamoalari joy oldi. 

Jami 29 davlat terma jamoalari musobaqaning kamida 1 ta oltin, 36 tasi bronza medalini qo'lga kiritdi. Qo'shnilarimiz Tojikiston (2 ta oltin, 3 ta kumush, 15 ta bronza) 18, Qirg'iz Respublikasi (1 ta oltin, 9 ta kumush, 11 ta bronza) 21, Afg'oniston (1 ta kumush, 2 ta kumush, 3 ta brona) 24, Turkmaniston esa (1 ta oltin, 1 ta kumush, 4 bronza) 27-o'rinni band etdi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ