logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Unchalik ahmoq emasman". De La Xoyya boksga ehtimoliy kambek haqida fikr bildirdi

 31 OKTYABR, 2025, 10:48

Amerikalik 52 yoshli afsonaviy bokschi Oskar De La Xoyya ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi.

Oskar oxirgi rasmiy jangini 2008 yili o'tkazgan — o'shanda u endi porlab chiqayotgan yulduz Menni Pakyaoga mag'lub bo'lgandi. SHundan beri u faqat ko'rgazmali janglarda qatnashgan.

2021 yilda u kutilmaganda faoliyatini qayta boshlash niyatini bildirgandi. Hatto Kanelo Alvaresga qarshi jang haqidagi gaplar ham chiqqan. SHuningdek, u sobiq UFC chempioni Vitor Belfortga qarshi ringga chiqishi kerak edi, ammo kovidga chalinganidan so'ng bu jang bekor qilingandi.

FightHub TV'ga bergan intervyusida De La Xoyya shunday dedi:

"Men unchalik ahmoq emasman. Soya bilan jang qildim — 10 soniyadan keyin yuragim ko'kragimdan chiqib ketgudek bo'ldi. Menni bilan bo'lgan jangni eslasam, o'sha paytda g'alabaga emas, faqat jon saqlash uchun harakat qilgandek edim. Unda men ruhimni — yani bokschi ruhimni ringda qoldirganman. Tushunyapsizmi, nima demoqchiman?", - dedi Oskar de la Xoyya. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ