logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«Real»ning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi — bu Mbappe emas

 31 OKTYABR, 2025, 09:30

Madridning «Real» klubi oktyabr oyi yakuniga ko'ra jamoaning eng yaxshi futbolchisini aniqladi.

Bu safar sovrin 20 yoshli turkiyalik yarim himoyachi Arda Gyulerga nasib etdi, deb yozadi Madrid Xtra. U jamoaga oktyabr oyidagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonishda yordam berdi va to'rtta o'yinda bir golli uzatma amalga oshirdi.

Joriy mavsumda Arda Gyuler «Real» tarkibida Xabi Alonso boshchiligida o'tkazgan 13 ta bahsda 3 ta gol urgan va 5 ta assist qayd etgan.

1 noyabr kuni «Real» Ispaniya chempionati 11-tur doirasida o'z maydonida «Valensiya»ni qabul qiladi.

Eslatib o'tamiz, sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb hujumchi Kilian Mbappe tanlangan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ