logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:35
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Grizmann: "Grinvudni to'xtata olmadik"

 20 DEKABR, 2023, 22:48

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya chempionati doirasidagi “Xetafe” bilan durangdan (3:3) keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Frantsiyalik futbolchi raqib jamoa futbolchisi Meyson Grinvudni maqtadi.

"Grinvud haqiqatan ham ikkinchi bo'limda bizga muammo tug'dirdi. Biz uni to'xtata olmadik va bu bizga o'yin uchun qimmatga tushdi" - dedi Grizmann DAZN nashriga.

Hozirda "Atletiko" Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida uchinchi, "Xetafe" esa sakkizinchi o'rinda bormoqda.

Meyson Grinvud "Xetafe"da ijara asosida o'ynaydi, 22 yoshli futbolchining huquqlari "Manchester Yunayted"ga tegishli.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR