logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jahon va Evropa chempioni Pedro mavsum yakunlangach «Latsio»ni tark etishini ma'lum qildi

 31 OKTYABR, 2025, 09:06

Ispaniyalik universal hujumchi Pedro Rodriges 2025/2026 yilgi mavsum yakunlangach, klub bilan amaldagi shartnomasi tugaganidan keyin «Latsio»ni tark etishini ma'lum qildi.

«Men “Latsio” Evroturnirlarga yo'llanma olganini ko'rgim keladi, shundan so'ng ketish vaqti etadi», — dedi Pedro.

Pedro 2021 yil yozidan buyon «Latsio» sharafini himoya qilib kelmoqda. 38 yoshli ispaniyalik xavbek bundan avval «Roma», «Chelsi» va «Barselona» tarkibida o'ynagan. U «Barselona» bilan Ispaniyaning besh karra chempioni va uch karra Chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan. Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi bilan 2010 yilgi jahon chempionati hamda Evro-2012 musobaqasida g'olib chiqqan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ