logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«Monako» murabbiyi Pol Pogbaning qachon maydonga qaytishi mumkinligi aytdi

 31 OKTYABR, 2025, 08:48

«Monako» yarim himoyachisi Pol Pogba yaqinlashib kelayotgan «Parij»ga qarshi uchrashuv uchun jamoa ro'yxatiga qayta kiritilishi mumkin. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Sebastyan Pokonoli ma'lum qildi.

«Pol yana tarkibga kirish ehtimoli bor. Oldimizda yana bir mashg'ulot bor, agar u uni muvaffaqiyatli o'tkazsa, rejamiz bo'yicha harakatlanamiz. Uni qaydnomaga kiritilgan futbolchilar safida kirish mantiqan to'g'ri bo'lar edi», — dedi Pokonoli Footmercato nashriga bergan intervyusida.

«Parij»ga qarshi bellashuv 1 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Pogba bu yil yozda «Yuventus»dan ketgach, erkin agent sifatida «Monako»ga qo'shilgan edi. U avval doping qoidalarini buzgani uchun diskvalifikatsiyani o'tab chiqqan va 2023 yil sentyabridan beri maydonga tushmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ