logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:57
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Mbappe jarimaga tortildi

 5 DEKABR, 2022, 07:01

Kilian Mbappe JCh-2022'da o'yinning eng yaxshi futbolchisi unvoni tufayli intervyuga kelmagani uchun jarima to'laydi.

Mbappe Avstraliya (4:1) va Daniya (2:1) bilan o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 1/8 finalning Polsha bilan o'yinidan keyin (3:1) ham u eng yaxshi deb topildi va "PSJ" forvardi jarimani to'lashga va'da berdi.

Xabar qilinishicha, bunga sabab “Man of the match” mukofotiga Budweiser homiylik qilgani va Kilian alkogolli ichimliklar brendini reklama qilishni istamagan.

Mbappe birinchi marta intervyu berishdan bosh tortgach, Frantsiya futbol federatsiyasi og'zaki ogohlantirish oldi. Ikkinchi holatda FFF 10200 evro jarimaga tortildi.

Polsha bilan o'yindan so'ng Mbappe: "Federatsiya shaxsiy qarorlar uchun pul to'lamasligi kerak" dedi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR