Rabo: "Barcha bilan to'qnash kelishga tayyormiz"
5 DEKABR, 2022, 06:58
Adrien Rabo JCh-2022 chorak finalida kimga qarshi o'ynashi uni qiziqtirmasligini aytdi.
1/8 finalda frantsuzlar Polshani mag'lub etishdi (3:1).
"Keyingi bosqich uchun bizda hech qanday ustunlik yo'q, biz o'zimizga e'tibor qaratishimiz va har bir o'yinga ikkinchi bo'limdagidek munosabatda bo'lishimiz kerak.
Biz hamma bilan to'qnash kelishga tayyormiz”, — dedi Frantsiya terma jamoasi va “Yuventus” yarim himoyachisi TF1 nashriga bergan intervyusida.