logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Spallettining «Yuventus» bilan sakkiz oylik shartnomasida uni uzaytirish bandi mavjud emas

 31 OKTYABR, 2025, 08:00

«Yuventus»ning yangi bosh murabbiyi Luchano Spalletti va Turin klubi o'rtasidagi shartnomada kelishuvni avtomatik uzaytirish imkoniyati ko'zda tutilmagan. Sky Sport Italia xabariga ko'ra, mutaxassis bilan tuzilgan sakkiz oylik kelishuv mavsum yakunlanganda avtomatik ravishda uzaytirilmaydi.

Avvalroq, murabbiy va klub o'rtasidagi bitimda agar «Yuventus» kelasi mavsum uchun UEFA Chempionlar ligasiga yo'llanma olsa, shartnoma majburiy ravishda uzaytirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo manba ma'lumotiga ko'ra, uzaytirish bandi majburiy emas va qaror klub rahbariyatining xohishiga bog'liq bo'ladi.

Spalletti 2023 yil sentyabridan 2025 yil iyuniga qadar Italiya terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgan. Shuningdek, uning klub darajasidagi so'nggi jamoasi «Napoli» bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ