logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Misrning «Al-Ahli» klubi Salohning ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

 31 OKTYABR, 2025, 07:54

Qohiraning «Al-Ahli» klubi sport direktori Said Abdul Hafiz «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohning klubga o'tishi bo'yicha go'yoki olib borilayotgan muzokaralar haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

«Muhammad Saloh — katta yulduz. U arab olamidagi biror futbolchi takrorlay olmaydigan natijalarga erishgan. Hozir u faqat professional faoliyatiga yo'nalgan. Salohning nomini “Al-Ahli” bilan bog'lash — bu OAV ishi, xolos. U Misr futboli va butun arab dunyosiga shon-shuhrat olib kelgan futbolchi. Keling, narsalarga real qaraylik. Saloh bir necha oy oldin “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirdi. “Al-Ahli”ning hech bir rasmiy vakili bu haqda gapirmagan — bularning barchasi faqat matbuotda paydo bo'lgan. Biz o'z jamoamizning ustuvor vazifalariga e'tibor qaratamiz. Men Salohga omad tilayman», — dedi Hafiz Goal nashriga bergan bayonotida.

Muhammad Saloh 2017 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ