logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Lautaro va Osimxenning narxi bir xil bo'lib qoldi

 20 DEKABR, 2023, 21:54

Chorshanba kuni Transfermarkt portali Italiya A Seriyasi futbolchilarining narxlari yangiladi. Italiya chempionatining eng qimmat o'yinchisi "Bolonya" futbolchisi Joshua Zirkzi, eng arzon futbolchi esa "Yuventus" a'zosi Nikolo Fadjoli bo'ldi.

Viktor Osimxen 10 million evroga arzonlashgan, Lautaro Martines esa xuddi shunday summada qimmatlashgan. Natijada ular hozirda A Seriyaning eng qimmat o'yinchilariga aylanishdi - nigeriyalik va argentinalik futbolchilar 110 million evroga baholanmoqda.

Kuchli uchlikni narxi o'zgarmagan Rafael Leau yakunladi - 90 million evro. To'rtinchi o'rinda 5 million evroga arzonlashgan Xvicha 80 million evroga baholangan. Kuchli beshlikni avvalgidek 75 million evroga baholangan Nikolo Barella yakunlab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ