logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 03:17
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Vegxorst van Galning Messi borasida aytgan fikrlariga qo'shilmadi

 20 DEKABR, 2023, 21:42

O'tgan yil oxirida Argentina terma jamoasi Lionel Messi bilan jahon chempionatida g'olib chiqdi. O'sha turnirda Niderlandiya terma jamoasini boshqargan Lui van Gal keyinchalik jahon chempionati Messining g'alabasi uchun soxtalashtirilganini aytdi. "Apelsinlar" hujumchisi Vaut Vegxorst van Galning fikriga qo'shilmaydi.

"Van Galning Argentinaga nisbatan alohida so'zlari? Yo'q, rostini aytsam, men uning fikriga qo'shilmayman. Men uning aytganlarini eshitdim, lekin unday deb o'ylamayman", — dedi Vegxorst ESPN nashriga.

Eslatib o'tamiz, JCh-2022 1/4 final bosqichida Argentina terma jamoasi Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag'lub etgandi. O'yindan so'ng Lionel Messi va Vaut Vegorst o'rtasida mojaro yuzaga keldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR