Manba: Saudiyaliklar Salohga yiliga 170 million evro maosh taklif qilmoqda
30 OKTYABR, 2025, 23:24
«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Saudiya Arabistoni klublari uchun eng ustuvor transfer maqsadi bo'lib qolmoqda. U erda 33 yoshli futbolchiga yiliga taxminan 150 million funt (170 million evro) miqdorida maosh taklif qilingan. Bu haqda TBR Football xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, misrlik futbolchiga kelajakda klubda ulushga ega bo'lish huquqi va turizm bo'yicha elchi sifatida faoliyat yuritish imkoniyati ham taklif etilmoqda.
Xabarda ta'kidlanishicha, agar Saloh ushbu taklifni qabul qilsa, u «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu darajasida maosh oladi. Ronalduning yillik ish haqi taxminan 175 million funt (200 million evro) deb baholangan.
Joriy mavsumda Saloh barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 3ta golli uzatma berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Salohning bozor qiymati 45 million evroni tashkil etadi.
