logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Rasman. Luchano Spallettini «Yuventus» bosh murabbiy etib tayinlandi

 30 OKTYABR, 2025, 23:18

"Yuventus" klubi matbuot xizmati italiyalik mutaxassis Luchano Spalletti jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida ma'lumot tarqatdi. Murabbiy bilan tuzilgan shartnoma 2026 yil 30 iyunigacha mo'ljallangan.

"Biz bilim va tajriba jihatidan bunday darajadagi murabbiyni "byankoneri" oilasiga qabul qilishdan mamnunmiz. Xush kelibsiz, "Yuventus"ga, va omad tilaymiz, murabbiy!" — deyiladi turinliklar saytidagi rasmiy bayonotda.

A Seriyaning to'qqizta turidan keyin "Yuventus" 15 ochko jamg'argan va ettinchi o'rinda bormoqda.

Spallettining oxirgi ish joyi Italiya terma jamoasi bo'lgan — u bu jamoani 2023 yil sentyabridan 2025 yil iyunigacha boshqargan. Undan oldin murabbiy "Napoli", "Inter", "Roma" va "Zenit" klublarida faoliyat yuritgan. Uning faoliyatida "Napoli" bilan bir marta, "Zenit" bilan esa ikki marta chempionlik mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ