"PSJ" va Frantsiya terma jamoasi Mbappeni tabrikladi
20 DEKABR, 2023, 18:30
Bugun Kilian Mbappe 25 yoshga to'ldi.
"PSJ" va Frantsiya terma jamoasi hujumchini tug'ilgan kuni bilan tabrikladi.
"Tug'ilgan kuning bilan, Kilian Mbappe!", - deb post qoldirdi parijliklar matbuot xizmati va forvardning klubdagi asosiy voqealari aks etgan videoni chop etdi.
"25 yil, 75 ta o'yin, 46 ta gol, 2018 yilgi jahon chempioni, 2021 yilgi Millatlar ligasi g'olibi. Va bu tugashdan uzoqdir. Tug'ilgan kuningiz bilan, sardor", - deyiladi Frantsiya terma jamoasi bayonotida.
"PSJ" bilan Mbappe 11 ta sovrinni qo'lga kiritdi - u 5 marta Frantsiya chempioni bo'ldi, uch marta Frantsiya kubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, Frantsiya Superkubogi va Frantsiya Liga kubogini ikki marta qo'lga kiritdi. “Monako” bilan ham Frantsiya chempioniga aylandi.