logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:49
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

JCh-2026 guruh bosqichini o'tkazishda uchta variant ko'rib chiqilmoqda

 5 DEKABR, 2022, 00:11

FIFA mutasaddisi Arsen Venger JCh—2026 formati haqida gapirdi, deya xabar qilmoqda ESPN.

"Keyingi Jahon Chempionatida 48 jamoa ishtirok etadi, biroq hali format borasida kelisha olmadik. Uchta variant bor — 4 ta jamoadan 12 ta guruh, 3 ta jamoadan 16 ta guruh va 24 ta jamoadan 2 ta guruh. Yakuniy qaror FIFAning 2023 yilgi yig'ilishida qabul qilinadi, — deydi Arsen Venger.

Mutaxassis «24 ta jamoadan ikkita guruh» formati qabul qilinsa, u qay tariqa o'tkazilishiga aniqlik kiritmagan.

2026 yilgi Jahon Chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mamlakatlari mezbonlik qiladi. Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan ilk mundial bo'ladi. Ayni vaqtda musobaqada 32 ta jamoa ishtirok etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR