Olive Jiru Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi
5 DEKABR, 2022, 00:03
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru JCh—2022 nimchorak finali doirasida Polshaga qarshi kechgan o'yinda (3:1) gol urdi.
Bu 36 yoshli futbolchi uchun Frantsiya terma jamoasi safidagi 52-gol bo'ldi. Shu tariqa Jiru Terri Anrini (51) ortda qoldirgan holda Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.
Olive Frantsiya terma jamoasida 117 ta o'yin o'tkazgan.