logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

"Bavariya" himoyachisi: "Osiyo Kubogi sababli asosiy tarkibdagi o'rnimni yo'qotishdan qo'rqaman"

 20 DEKABR, 2023, 18:18

"Bavariya" markaziy himoyachisi Kim Min Chje mavsumning ikkinchi yarmida jamoaning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotishdan qo'rqishini aytdi. Eslatib o'tamiz, futbolchi yanvar oyida Janubiy Koreya terma jamoasi safida Osiyo Kubogida ishtirok etadi.

"Osiyo Kubogiga ketishga majbur bo'laman. Agar mening turnirdagi ishtirokim davomida Upamekano va de Ligt yaxshi o'yin ko'rsatishsa, ular qaytganimdan keyin asosiy tarkib futbolchisi bo'lishadi. Xuddi shu narsa yaxshi o'yin ko'rsatadigan boshqa o'yinchilarga ham tegishli. Buni oldini olish mumkin emas. Qaytib kelgach, ko'p mehnat qilishim va o'z o'rnim uchun kurashishim kerak", — dedi Kim Min Chje T-Online bilan suhbatda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ