Mbappe gol+pas tizimida JChda yaqqol peshqadam bo'lib turibdi
4 DEKABR, 2022, 23:20
Kilian Mbappe JCh-2022da foydali harakatlar amalga oshirish bo'yicha peshqadam.
Frantsiyalik hujumchi Polsha bilan 1/8 final o'yinida (3:1) hujumchi Olive Jiruga golli uzatma berdi, keyin o'zi dublga erishdi.
Hozirda "PSJ" vakili gol+pas tizimida 7 ochkoga ega: 5 gol va 2 golli uzatma.
Lionel Messi (Argentina), Brunu Fernandesh (Portugaliya), Alvaro Morata (Ispaniya) 4 tadan samarali harakatga ega.