logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Bahrayn-2025. Bokschilarimiz Osiyo O'yinlarida 5 ta oltin medalni qo'lga kiritishdi

 30 OKTYABR, 2025, 21:00

Bugun Bahrayn davlatining Manama shahrida bo'lib o'tayotgan Osiyo o'yinlarining boks bahslari o'z yakuniga etdi. Natijalarga ko'ra, yigit-qizlarimiz musobaqani 5 ta oltin, 3 kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladilar. Ushbu natija, terma jamoamiz uchun musobaqadagi eng yaxshi ko'rsatkichlardan biri bo'ldi va  qo'shnilarimiz Qozog'iston terma jamoasi ham vakillarimiz qayd etgan natijani takrorlashdi.

G'olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-46 kg. Abdug'ani Yorqinjonov
-60 kg. Ibrohim Shokirjonov
-75 kg. Diyorbek Murodilloev
+80 kg. Asadbek Sultanboev
-60 kg. Rushanabonu Isoeva

Kumush medal:
-66 kg. Saidxo'ja Sadillaxo'jaev
-54 kg. Qumriniso Muhammadova
-75 kg. Samira Turg'unova

Bronza medal:
-50 kg. Nazokat Mardonova
-66 kg. Ulbosin Jalgasbaeva


Murabbiylar: Xulio Li Echavarria, Sirojiddin Naimov, Baxtiyorjon Turaboev, Temur Axbaev, Eldor Holmatov, Mirxon Sodiqov.

Jamoa menejeri: Shahboz Tavakkalov.

Ushbu musobaqada Bekjon Yusupov hakam sifatida faoliyat olib bordi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ