logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Pedrining qachon safga qaytishi ma'lum

 30 OKTYABR, 2025, 19:06

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jarohat oldi - chap son ikki boshli mushagining distal qismi yorildi. Dastlab matbuotda 22 yoshli futbolchi noyabr oyidagi milliy jamoalar o'yinlari uchun tanaffusdan so'ng safga qaytishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, aslida Pedriga tiklanish uchun ko'proq vaqt kerak. Yarim himoyachi faqat dekabr oyi o'rtalarida safga qaytishi kutilmoqda.

Shu tariqa, Pedri "Barselona"ning ko'proq o'yinlarini o'tkazib yuboradi. Katta ehtimol bilan yarim himoyachi kuz oxiri va qish boshida "Chelsi" va "Atletiko"ga qarshi muhim o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

"Barselona" keyingi o'yinini 2 noyabr kuni o'z maydonida "Elche"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ