logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:59
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rodri: "Nunesga bu kerak edi"

 20 DEKABR, 2023, 16:42

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri jamoadoshi Mateus Nunesning o'yiniga yuqori baho berdi.

Portugaliyalik futbolchi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida "Urava Red" ustidan qozonilgan g'alabada (3:0) eng yaxshi futbolchi deb topildi. Aynan uning bosimi bilan raqiblar avtogol urishdi va bu mag'lubiyatning boshlanishi edi.

«Nunesga bu kerak edi, u ishonch qozonishi kerak. U juda yaxshi o'yinchi, hali ancha yosh va raqibning avtogolini qo'zg'atdi.

Kovachich ham bizdagi ilk golini urdi. Ikkalasi ham ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Men ular uchun juda xursandman, bu butun jamoa uchun muhim», - deya Rodrining so'zlarini keltiradi «Manchester Siti» matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR