logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Yamalning so'zlari noto'g'ri talqin qilingan

 30 OKTYABR, 2025, 18:48

Lamin Yamal "el-klasiko"da Dani Karvaxalga "tashqarida ko'rishamiz" demagan bo'lishi mumkin.

"Real" La Liga doirasida "Barselona"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Final hushtagi chalinishi bilan "Real" himoyachisi Daniel Karvaxal kataloniyaliklar vingeri Lamin Yamalga ko'p gapirayotganini ishora qildi.

Janjal boshlanganidan ko'p o'tmay, Yamalni maydondan olib ketishdi. AS xabariga ko'ra, Lamin Tibo Kurtua bilan bahslashgan. Marca nashrining ta'kidlashicha, "Barselona" futbolchisi kimgadir "tashqarida ko'rishamiz" degan.

Biroq Cadena SER jurnalisti Santi Ovale o'z reportajida Lamin ommaviy axborot vositalarida aytilgan gaplarga o'xshash hech narsa aytmaganini aytdi.

Ovale versiyasiga ko'ra, aslida Yamal "Real" sardoriga "Javob o'yinida ko'rishguncha" degan.

Ta'kidlanishicha, 18 yoshli vingerning gapida Ispaniya terma jamoasidagi sherigiga nisbatan hurmatsizlik bo'lmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ