"Liverpul" Slotning kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi
30 OKTYABR, 2025, 18:30
"Liverpul" chorshanba kuni yana muxlislarini ranjitdi. Arne Slot jamoasi 1/8 finalda o'z maydonida "Kristal Pelas"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib, Liga kubogini tark etdi. Shu tariqa, barcha musobaqalardagi so'nggi etti o'yinda "qizillar" oltita mag'lubiyatga uchradi.
Goal portalining BBC va bir necha jurnalistlarga tayanib xabar berishicha, "Liverpul" Slot bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Yaqin kelajakda "qizillar" niderlandiyalik mutaxassisni iste'foga chiqarishi ehtimoli yo'q.
"Liverpul" bosslari Slotga "to'liq ishonishmoqda" va niderlandiyalik murabbiy vaziyatni o'nglashiga ishonishmoqda.
"Liverpul" navbatdagi uchrashuvni 1 noyabr kuni o'z maydonida "Aston Villa"ga qarshi o'tkazadi.
