logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Manchester Yunayted" muxlislari uchun xushxabar bor!

 30 OKTYABR, 2025, 18:00

Himoyachi Lisandro Martines chorshanba kuni "Manchester Yunayted"ning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Bu haqda "qizil iblislar" rasmiy sayti xabar bermoqda.

Martines fevral oyi boshida tizzasidan jiddiy jarohat olgandi. Argentinalik o'shanda operatsiya qilingan va tiklanish jarayonini boshlagandi. Mana endi Lisandro to'laqonli mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

"Manchester Yunayted" safida Lisandro Martines jami 91 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. Ularda himoyachi o'z hisobiga uchta gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

"Manchester Yunayted" ayni damda Premer-liga turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ