Turkiyada yana bir mojaro ro'y berdi
20 DEKABR, 2023, 15:48
Hakam bilan bog'liq xunuk voqeadan bir hafta o'tib Turkiya Superligasi yana minus ishorasini qayd etdi.
Voqea kechagi milliy chempionat doirasidagi “Istanbulspor” – “Trabzonspor” uchrashuvi vaqtida yuz berdi.
Istanbul jamoasi futbolchilari bosh hakamning “Trabzonspor” futbolchisi Pol Onuachuning golini hisoblaganidan norozi bo'lishdi.
Bungacha mehmonlarning bir futbolchisi mezbon futbolchisiga qarshi qo'pol o'ynagandi, biroq hakam qo'pollikni qayd etmadi va golni bekor qilmaslikka qaror qildi.
Masalaga Istanbul prezidenti aralashdi, u o'z jamoasini tribuna ostidagi xonaga olib ketdi.
Biroq mezbonlarning ayrim futbolchilari o'yinni davom ettirishga tayyor edi. Hozircha bitta xulosa bor - o'yin to'xtatildi.