Lokatelli: "Ba'zi yosh futbolchilarimiz hali kamolga etishi kerak"
20 DEKABR, 2023, 15:42
"Yuventus" yarim himoyachisi Manuel Lokatelli A Seriyada chempionlik uchun kurash haqida gapirdi.
16-tur uchrashuvida “Byankonerilar” “Jenoa”ni mag'lub eta olmadi (1:1). “Inter” bundan unumli foydalandi va “Latsio”ni mag'lub etdi (2:0) va turinliklar bilan ochkolar farqi to'rttaga etdi.
“Menimcha, “Inter” juda kuchli jamoa. U erda o'z faoliyatining cho'qqisida turgan etuk futbolchilar ko'p.
Biz o'z yo'limizda davom etishimiz kerak, ba'zi yosh futbolchilarimiz hali kamolga etishi kerak. Skudettoga kelsak, albatta, biz hali ham bu haqda orzu qilamiz.
Ikkinchi o'rinda bo'lganingda oldinga qarashga majbur bo'lasan", - deya Lokatellining so'zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira.