logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

“Kopengagen” yosh talantini APL klublariga sotishga tayyor

 20 DEKABR, 2023, 15:36

Daniya chempioni va Chempionlar ligasi pley-offi ishtirokchisi “Kopengagen” 18 yoshli Roni Bardjini Angliya premer-ligasi klublaridan biriga sotishga tayyor, deb xabar bermoqda 90Min portali.

Manbaga ko'ra, Bardji xizmatlariga bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda: "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Tottenxem". Biroq daniyaliklar o'z futbolchisini faqat shu mavsumdan keyin sotishga tayyor.

18 yoshli Bardji joriy mavsumda barcha rasmiy musobaqalarda 11 ta gol urgan, shundan 7 tasi Daniya chempionatida, bittasi Chempionlar ligasida “Manchester Yunayted”ga qarshi o'yinda urilgandi. 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ