logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Peres Solari bilan ikkita masala yuzasidan gaplashib oldi

 15 DEKABR, 08:02 263

«Real» prezidenti Florentino Peres juma oqshomida Rojdestvo bayrami munosabati bilan klubning futbol va basketbol jamoalari bilan ishtirokida tashkil etilgan bayramona kechki ovqatga tashrif buyurdi.

.

Marca`ning xabar topishicha, kechada Peres bosh murabbiy Santyago Solari bilan muloqotda bo'lgan va undan Isko bilan munosabatlarini yaxshilashni so'ragan. Shu bilan birga, prezident murabbiyning jamoadagi faoliyatiga to'xtalib, bu borada uni qo'llab-quvvatlashini bildirgan.

Avvalroq Isko Solari bilan munosabatlari keskinlashgani xabar qilingan, shu boisdan futbolchi qishda Madridni tark etishi aytilgandi. Yarimhimoyachi TsSKA bilan bahsda (0:3) muxlislar tomon nomaqbul ishora qilgan, natijada «Santyago Bernabeu»ga kelgan ishqibozlar unga qarata hushtakbozlik uyushtirishgandi.

«Real» rasmiy sayti kecha oqshom bo'lib o'tgan kechki ovqatdan suratlarni taqdim etgan.

.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR