logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Ramos «Real»ni ogohlantirdi: u klubdan ketishi mumkin

 26 DEKABR, 20:59 652

.

«Real» sardori Serxio Ramos, agar jamoaga Joze Mourino bosh murabbiy etib tayinlansa, klubdan ketishi mumkin.

Hozirda madridliklarga Santyago Solari ustozlik qilmoqda. Ammo, xabarlarga qaraganda, klub rahbariyati argentinalik murabbiyni uzoq muddatli murabbiy sifatida emas, vaqtinchalik ijrochi sifatida ko'ryapti. «Qaymoqranglilar» yaqinda «Manchester Yunayted»dan istefoga chiqarilgan Joze Mourino nomzodini o'rganib chiqishmoqda.

Ispan matbuotiga ko'ra, voqealarning bunday rivoj topishi Serxio Ramosga maqul tushmayapti. U portugaliyalik mutaxassisning qaytishi haqidagi mish-mishlarni eshitgach, bu borada klub mutasaddilarini ogohlantirgan, aks holda jamoani tark etishga majbur bo'lishini aytgan.

Ramos bu mavsum «Real»ning barcha musobaqalardagi 24 o'yinida maydonga tushib, 6+1 mahsuldorlik natijasiga erishdi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 5
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR