logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:41
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Bilasizmi? Mourino mavsum yakuniga qadar MYuda ishlashiga ishongan

 25 DEKABR, 14:05 214

.

Bu iste’fo portugaliyalik mutaxassis uchun mutlaqo kutilmagan bo‘ldi.

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino uchun uning iste’fosi kutilmagan bo‘ldi.

The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 55 yoshli portugaliyalik mutaxassis o‘sha kuni, ya’ni jamoaning ijrochi direktori Ed Vudvord bilan uchrashuv uning iste’foga chiqishi haqida emas, balki yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar masalasida bo‘ladi deb o‘ylagan. Ammo, yakunda ushbu uchrashuvdan so‘ng u klubni tark etdi.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha Joze mavsum yakuniga qadar MYu rahbariyati uni ishdan bo‘shatmasligiga ishongan.

Eslatib o‘tamiz, Mourinoning o‘rnini MYuning sobiq futbolchisi Ule Gunnar Sulsher egalladi. Norvegiyalik mutaxassis mavsum yakuniga qadar “qizil iblislar”ni boshaqaradi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR