logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:04
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Karrager «PSJ» Chempionlar ligasida g'olib bo'lmasligini aytdi

 25 NOYABR, 17:30 85

.

Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «PSJ» Chempionlar ligasida g'alaba qozona olmasligini aytdi.

“Masalan, 4 ta jamoani olaylik, menimcha, ulardan biri Chempionlar ligasida g'olib chiqadi. Bular «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi» yoki «Bavariya».

«PSJ»da uchta piyoda yuruvchi futbolchi bor (Messi, Mbappe, Neymar). Ularda Chempionlar ligasida g'alaba qozonish imkoniyati yo'q, umuman imkoni yo'q.

Mbappe bilan bog'liq vaziyatdan men yanada xafa bo'laman. Men Messini ma'lum darajada tushuna olaman, u 34 yoshda, u ma'lum lahzalarda o'ziga g'amxo'rlik qilishi kerak.

Ronaldu haqida aytdim, lekin u hech bo'lmaganda gol uradi. Ronaldu to'psiz yurganiga yarasha, gollari buning o'rnini bosadi", dedi Jeymi Karrager.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR