logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:36
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Fenerbaxche" Turkiya Superkubogidagi holat bo'yicha bayonot berdi

 8 APREL, 2024, 02:18

"Fenerbaxche" Turkiya Superkubogi doirasida "Galatasaroy"ga qarshi o'yinda maydonni erta tark etganidan so'ng vaziyat bo'yicha bayonot berdi.

O'yin 7 aprel kuni bo'lib o'tdi. "Fenerbaxche" o'yin uchun yoshlar tarkibini maydonga tushirdi. Birinchi gol o'tkazib yuborilganidan keyin jamoa maydonni tark etdi. Shu tariqa “Fenerbaxche”ga texnik mag'lubiyat berildi va “Galatasaroy” kubok sohibiga aylandi.

“Bugun biz maydonga g'alaba qozonish uchun emas, balki o'z huquqlarimizni himoya qilish uchun chiqqanimizda, ta'kidlamoqchimiz:

Nafaqat futbolda, balki o'zimiz mansub bo'lgan har bir sohada 117 yillik tariximiz davomida turk sportiga xizmat qilib kelmoqdamiz. Bizning muzeyimizda mehnatimiz evaziga olingan minglab sovrinlar saqlanadi. Biz 30 million muxlis bilan birgalikda milliy qadriyatlarimizni baham ko'ramiz. Biz kechagidek bugun ham, ertaga ham o'z pozitsiyamizda turishda davom etamiz", - deyiladi klub bayonotida.

19 mart kuni “Fenerbahche” matbuot xizmati klub Turkiya chempionatidan chiqishi mumkin bo'lgan masalani ko'rib chiqishi haqida xabar berdi. 2 aprel kuni klub turnirni tark etish masalasini keyinga surgani ma'lum bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR