logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:31
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Parij-2024. Sport gimnastikamiz tarixida ilk bor bunday natija qayd etildi!

 22 APREL, 2024, 18:00

Xalqaro gimnastika federatsiyasi sport gimnastikasi bo'yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan atletlar jadvalini yangiladi. Quvonarlisi, unga asosan delegatsiyamiz hisobiga yana bir litsenzliya qo'shildi.

2023-yil Belgiyaning Antverpen shahrida o'tgan jahon chempionatining ko'pkurash dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Habibullo Ergashev ham bo'lajak Olimpiada ishtirokchilari qatoriga qo'shildi.

Saralash musobaqalari yakunida frantsiyalik atlet ham kvalifikatsiyadan o'tdi. Shu bois, mezbonlar uchun ajratilgan kvota jahon chempionati orqali yo'llanma ololmagan sportchilar orasida eng yaxshi natija ko'rsatib turgan Habibullo Ergashevga nasib etdi.

Shu tariqa, yigitlarimiz sport gimnastikasi bo'yicha ilk bor Olimpiya o'yinlariga ikkita yo'llanmani qo'lga kiritishmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR