logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:13
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Liverpul" yangi bosh murabbiy bilan deyarli kelishuvga erishdi

 8 APREL, 2024, 19:42

Hammasi Yurgen Klopp ketganidan so'ng Ruben Amorim "Liverpul" bosh murabbiyi bo'lishi tomon ketmoqda.

Jurnalist Pedro Sepulvedaning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Angliya Premer-ligasi giganti Amorimga uch mavsum - 2027 yilning o'rtalariga qadar shartnoma taklif qilmoqda.

Jurnalistning so'zlariga ko'ra, "Liverpul" Amorim bilan kelishuvning moliyaviy shartlarini deyarli kelishib olgan. Muzokaralar jarayoni ijobiy ketmoqda.

Ruben Amorim hozirda "Sporting"ni boshqarmoqda. Jamoa Portugaliya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. "Sherlar" "Benfika"dan 4 ochko oldinda va bir o'yin kam o'tkazgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR