logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:53
KirishA'zo bo'lish
Zlatan Ibragimovich: «Italiyaga yoki boshqa bir Evropa chempionatiga qaytishni istayman»
 9 Oktyabr, 19:00  77

"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Evropa chempionatlaridan biriga qaytish istagini bildirdi.

- Men Italiyaga yoki boshqa Evropa chempionatiga qaytishni xohlayman - Sky Sport Italia 38 yoshli futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi.

- Men hamon o'yinlar natijasini yakka o'zim hal qila oladigan holatdaman. Ishonamanki, A seriyasida o'zimni hozirda o'ynab yurganlardan ko'ra yaxshiroq ko'rsatgan bo'lardim.

Mening "Los-Anjeles" bilan shartnomam dekabrda tugaydi va hozircha faoliyatimni qaerda davom ettirishni bilmayman.


Ma'lumot uchun Ibragimovich 2018 yildan beri "Los-Anjeles Gelaksi"da o'ynab kelmoqda.

Futbolchi MLS doirasida 56 ta o'yin o'tkazib, 52 ta gol urishga erishdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Jahon chempionatining finalida eng ko‘p to‘qnash kelgan jamoalar Brazilya va Germaniya terma jamoalaridir.
Bosh sahifa
Online: 0 / 22
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™