logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:24
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"An-Nasr" futbolchisi Evropaga qaytmoqchi

 6 APREL, 2024, 22:36

Bilbaoning "Atletik" klubi mavsumni yaxshi o'tkazmoqda - jamoa Qirol kubogi finaliga chiqdi, chempionatda esa Chempionlar Ligasi zonasida yakunlanish uchun kurashmoqda.

"Basklar" yozgi transfer oynasida o'z tarkibini kuchaytirish haqida allaqachon o'ylamoqda va TodoFichajes nashrining so'zlariga ko'ra, himoyachi Eymerik Lyaportga ko'z tikkan.

Manbaga ko'ra, "Atletik" futbolchining vakillari bilan aloqada. Lyaport uchun "Atletik" uning uy klubi hisoblanadi. Aynan shu erdan himoyachi 2018 yilda "Manchester Siti"ga o'tgan edi.

O'tgan yozda futbolchi "An-Nasr"ga kelgandi. Biroq, Eymerik Evropaga qaytishni istaydi. Transfermarkt portali 29 yoshli Eymerik Lyaportni 25 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR