logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:50
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Xyoness: "Ishonchim komilki, Noyer Evro-2024da asosiy o'yinchi bo'ladi"

 19 MART, 2024, 17:42

Myunxenning "Bavariya" klubi direktorlar kengashi a'zosi Uli Xyoness Germaniya terma jamoasining Evropa chempionatida asosiy darvozaboni kim bo'lishi haqidagi taxminlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ishonchim komilki, Noyer Evro-2024da milliy terma jamoaning asosiy darvozaboni bo'ladi. Bunga hech qanday shubham yo'q. Pavlovich? Bo'lajak o'yinlarda qatnasha olmasligi achinarli. Aleksandr yaxshi holatda. Biroq, u endigina 19 yoshda, shuning uchun men u haqida qayg'urmayman", - dedi Xyoness.

Noyer 2022 yilgi Evropa chempionatidan beri Germaniya terma jamoasida o'ynamagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR