logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:22
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Puch: "Xavi yaqin do'st bo'lishimizga qaramay, meni qattiq ranjitdi"

 26 IYUL, 2023, 11:00

"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Richard Puch jamoani tark etishi sababini aytdi.

"Shaxsan Xavi menga ishonch bildirmasligini aytdi. Balki prezident boshqacha fikrda bo'lgandir, chunki u men kelajak futbolchisi ekanligimni va qolishimni xohlayotganini aytdi, lekin men murabbiyga kerak bo'lmagan joyda qolmoqchi emasman.

O'ylaymanki, o'tgan yozda jamoa bilan mashg'ulot o'tkazishimga ruxsat berilmaganida, menga nisbatan nohaqlik qilishdi. Agar amaldagi shartnomam bo'lsa, men mashg'ulotlarda ishtirok etish huquqiga ega edim va ular menga mashg'ulotlarda ishtirok etmasligimni aytishlariga haqlari yo'q edi.

Bir kuni Xavi menga va oilamga qo'ng'iroq qilib, o'zi Qatarda ishlayotganida meni o'z jamoasiga ko'chib o'tishga ishontirishga harakat qildi. Uning ota-onasi va mening oilam o'rtasida yaqin munosabatlar bor edi, biz ikkalamiz ham Kataloniyaning bir shahridanmiz.

Rostini aytsam, meni nafaqat futbolchi, balki do'st sifatida ham eng ko'p xafa qiladigan narsa shu.

Oxir-oqibat, men "Barselona"da muvaffaqiyat qozona olmadim, shunday bo'ldi va boshqa variantlarni izlay boshladim. Ammo mavsumoldi dastlabki haftalarida jamoa bilan mashg'ulot o'tkazishimga ruxsat berilmagani meni g'azablantirdi", - dedi Puch.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR