logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:14
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Zaxa nima uchun "Galatasaroy"ni tanlaganini tushuntirdi

 26 IYUL, 2023, 01:00

"Galatasaroy"ga yangi kelgan Uilfrid Zaxa o'z tanlovi haqida fikr bildirdi.

Ivuarlik futbolchi 1 iyul kuni "Kristal Pelas" bilan shartnomasi tugagach, erkin agentga aylandi. 30 yoshli futbolchi Evropa va Saudiyaning ko'plab klublaridan takliflar olgan va "Kristal Pelas"da ham qolishi mumkin edi. Zaxaning yakuniy tanlovi dushanba kuni rasman e'lon qilingan Turkiyaning "Galatasaroy" klubiiga to'g'ri keldi.

“Birinchi marta Chempionlar ligasida o'ynash imkoniyatiga ega bo'laman. Menda juda motivatsiya bor, klubga sovrinlar yutish va muvaffaqiyatga erishish uchun bor kuchimni ishga solaman.

"Galatasaroy"ga o'tishdan oldin men Patrik van Anxolt va Dide Drogba bilan gaplashdim va ular menga bu ajoyib imkoniyat ekanligini aytishdi", - dedi Zaxa Sky Sports bilan suhbatda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR