logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Fulxem" Ximenesni sotib olmoqchi

 23 IYUL, 2023, 17:44

"Vulverxempton" hujumchisi Raul Ximenes faoliyatini "Fulxem"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko'ra, ayni damda London klubi 2018 yildan buyon Angliyada to'p tepayotgan 32 yoshli meksikalik futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Eslatib o'tamiz, avvalroq Ximenes "Benfika" va "Atletiko Madrid" klublari sharafini himoya qilgandi.

Ximenesning "Vulverxempton" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt Meksika terma jamoasi futbolchisini 6 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR