logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 03:12
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Real" Kolo-Muaniga qiziqib qoldi

 11 AVGUST, 2023, 06:22

Madridning “Real” klubi “Ayntraxt” hujumchisi Randal Kolo-Muanini sotib olishi mumkin.

Sport1 xabariga ko'ra, Kolo-Muanining vakili bo'lgan Mussa Sissoko yaqinda hujumda o'yinchi bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan “Real Madrid” bilan bog'langan.

Agar Xarri Keyn "Bavariya"ga o'tsa va Kilian Mbappe "PSJ"da yana bir mavsum qolsa, Madridliklar Randalni sotib olish haqida o'ylashlari mumkin.

Parijliklar 24 yoshli frantsiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi edi, ammo Frankfurtning “Ayntraxt” klubi futbolchi uchun 100 million evro so'radi. Shu munosabat bilan parijliklarga futbolchi sotib olish va moliyaviy feyr-pleyga rioya qilish qiyin bo'ladi.

Bundesliganing 2022/23 yilgi mavsumida Kolo-Muani 32 o'yinda 15 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR