logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:26
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Zakariya borasida barchasi hal bo'ldi

 11 AVGUST, 2023, 05:33

"Yuventus" futbolchisi Denis Zakariya "Monako"ga o'tadi.

Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, klublar shveytsariyalik yarim himoyachini 20 million evro evaziga transfer qilishga rozi bo'lishdi. Turinliklar shuningdek futbolchining navbatdagi sotuvi summasining salmoqli qismini oladi.

Monegasklar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini ham kelishib oldi. U hali tibbiy ko'rikdan o'tmagan.

Zakariya o'tgan mavsumda ijara asosida "Chelsi" safida APLda 7ta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR