logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:58
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«Al-Hilol» Neymar uchun 200 mln evro sarflashga tayyor

 10 AVGUST, 2023, 15:22

Braziliyalik hujumchi Neymar "Pari Sen-Jermen"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. 31 yoshli futbolchiga SAudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi qiziqish bildirmoqda.

"Relevo" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, saudiyaliklar Neymarning transfer uchun jami 200 million evrodan ortiq mablag' sarflashga tayyor. Ushbu summaga "PSJ"ga to'lanadigan transfer summasi va 3 yillik shartnoma uchun futbolchiga to'lanadigan maoshlr kiradi.

Parijliklar Neymarni «Al-Hilol»ga sotishga tayyor. Boisi, jamoa futbolchini Evropa klubiga sotmoqchi emas. Braziliyalik forvardning o'zi hozircha Saudiyaga ko'chib o'tish haqida o'ylamayapti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR