logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:01
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Chelsi" va "Yuventus"ning muzokarasi davom etmoqda. Endi ularni o'rtasiga vositachilar aralashada

 7 AVGUST, 2023, 22:11

"Chelsi" va "Yuventus" hujumchilar - Romelu Lukaku bilan Dushan Vlaxovichni almashish bo'yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichini o'tkazadi.

Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, “Yuve”ning pozitsiyasi o'zgarmagan – Lukakudan tashqari Turin klubi 40 million evro olmoqchi. Bo'lajak muzokaralar davomida klublar vositachilar xizmatidan foydalanishadi.

Shuningdek, Romano Vlaxovichning "Chelsi"ga o'tishi mumkin bo'lgan transferi Maurisio Pochettinoning fikriga bog'liqligini ta'kidlaydi. Serbiyalik hujumchi o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 4ta golga assistentlik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR