logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:32
KirishA'zo bo'lish
Xosep Gvardiola: «Futbolchilardan o'yin paytida kamroq yugurishni so'radim»
  13 Yanvar, 22:10  24

.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'z shogirdlaridan o'yin paytida kamroq yugurishni so'raganini aytib o'tdi.

"Siti" mavsumni u qadar yaxshi boshlay olmadi. Ammo biz so'nggi 6ta o'yinda g'alaba qozondik. Hozir biz kamroq yugura boshladik. Farq shunda. Axir futbolda piyoda ham yurib turish kerak.

To'psiz sen yugurishing kerak. Lekin to'p senda bo'lganida, demak, sen o'z pozitsiyangdasan. Yugurish shart emas, to'p harakatlansa — kifoya.

Mavsum avvalida ko'p narsani uddalay olmadik. Bunga men aybdorman. Nazarimda, futbolchilarga o'z fikrimni yaxshi etkazib bera olmadim. Endi esa vaziyat ancha yaxshi. Gap shundaki, o'yinchilar chiniqishi uchun ko'p vaqt kerak edi, axir mavsum oldi tayyorgarligi uchun bizda vaqt bo'lmadi", – dedi Gvardiola.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Bosh sahifa
Online: 0 / 16
Foydalanuvchi qoidalari