logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:24
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Reyting: Samaradorlik silsilasi

 17 APREL, 2024, 00:00

Evropada futbol mavsumi tobora eng yuqori notaga chiqmoqda.

Transfermarkt portali esa o'yinlar zanjiriga parvo qilmay, 9 aprel holati bo'yicha mavsum-2023/2024ning eng samarador futbolchilaridan o'ziga xos oltilik ro'yxatini tuzdi. Bunda qit'aning eng kuchli 5ta ligasi vakillarining barcha turnirlardagi gollari va assistlari hisobga olingan. Xo'sh, futbol lokomotivida «Gol+pas» tizimi bo'yicha kimlar oldinda borishmoqda?

5-6-o'rinlar. Olli Uotkins. «Aston Villa» hujumchisi 9 aprelga qadar o'zi ishtirok etgan turnirlarda jami 22ta gol urib, buning yoniga 10ta samarali uzatmani ham qo'shib qo'ydi. 32 ochko!

5-6-o'rinlar. Per-Emerik Obameyang. «Marsel»da go'yoki birdaniga ikkinchi yoshligini boshlab yuborgan gabonlik hujumchi ham 32 ochko yig'di 9 aprelga qadar. Farqi shuki, Obameyangda gollar soni 23ta, assistlar esa 9ta.

3-4-o'rinlar — Erling Xoland. Norvegiyalik «yirtqich» olingan davr mobaynida «Manchester Siti» uchun 29ta gol hosil qildi. U shuningdek, 6 marta gol hammuallifi bo'ldi - 35 ochko.

3-4-o'rinlar — Muhammad Saloh. «Liverpul»ning misrlik etakchisi samara keltirish borasida Erling Xolanddan aslo qolishayotgani yo'q. To'g'ri, Saloh hisobidagi 35 ochkoda ikki bo'g'in ulushi boshqacha: 22ta gol va 13ta assist.

2-o'rin — Kilian Mbappe. Frantsiyalik hujumchi yozda «PSJ» bilan munosib xayrlashish yo'lida naq 39ta gol urdi va 8ta assist ham to'pladi. Xullas, «Gol+pas» tizimi bo'yicha 47 ball.

1-o'rin — Xarri Keyn. Angliyalik hujumchiga achinasan kishi. Sovrin ishqida «Tottenxem»dan ko'ngil uzib, tinmay chempion bo'ladigan va kubok yutadigan «Bavariya»ga o'tgan futbolchi hamon o'z ishini zo'r bajarmoqda - 9 aprelgacha barcha turnirlarda 37ta gol va 12ta samarali uzatma. Ammo shunisi borki, Myunxen klubi sovrinlardan uzoqlashdi...

P. S.: e'tiborga olish kerak, bu reyting haftadan haftaga o'zgarib boradi. Misol uchun, ro'yxatga tushgan Olli Uotkins, Per-Emerik Obameyang va Garri Keyn o'tgan hafta o'rtasidagi evrokubok bahslarida o'z statistikalarini yaxshilashdi. Qolaversa, bunga hafta oxiridagi tur o'yinlari natijalari ham hisobga kiritilmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR