logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:47
KirishA'zo bo'lish
Transfer olamidagi yangiliklar
 28 Iyul, 03:38  325

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Bavariya” yaqinlashdi


Myunhenning “Bavariya” jamoasi avvalroq xabar berganimizdek “Norvich” klubi himoyachisi Maks Aarons bilan jiddiy qiziqishda davom etmoqda.

“Sky Sport”ning ma'lum qilishicha, nemislar allaqachon “Norvich” klubiga rasman taklif yuborgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, Maks uchun “Bavariya” 20 million evrodan voz kechadi.

“Borussiya” rad etdi


Dortmundning “Borussiya” jamoasi “Manchester Yunayted”dan kelib tushgan Sancho borasidagi taklifni ko'rib chiqishni istamadi.

Bu haqida "Bild" nashri ma'lum qilmoqda. Manbaning ma'lum qilishicha, “Borussiya” klubi “qizil iblislar”ning turli bonuslar bilan taklif qilgan 98 million evrolik taklifidan voz kechgan.

Eslatib o'tamiz, dortmundliklar Sanchoni jamoada saqlab qolish orqali kelasi mavsumda Bundesliga g'olibligi uchun kurash olib bormoqchi.

Xames “Yunayted”da!


“Manchester Yunayted” tez kunlarda “Real” yarim himoyachisi Xames Rodrigesni o'z safiga qo'shib olganini rasman e'lon qiladi.

Bu haqida “Daily Express" nashri ma'lum qilmoqda. Manbada yozlishicha, “qizil iblislar” kolumbiyalik futbolchi uchun 25 million evrodan voz kechadi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Sulsher 29 yoshli futbolchini jamoani tark etishi tobora aniqlashib borayotgan Jessi Lingardning o'rnini to'ldirishidan umidvor.

Kepa PSJda?!


Angliyaning “Chelsi” jamoasi kipperi Kepa Arrisabalaga kelasi haftada Parij klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

“Daily Exspress"ning ma'lum qilishicha, “Chelsi” o'z futbolchisini PSJ klubiga taklif qilgan. Manbaning ma'lum qilishicha, Parijliklar Kepani 60 million evro atrofida baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Frenk Lempard allaqachon ispaniyalik posbonning o'rnini egallashga qodir 5 ta variant ustida ishlamoqda.

“Spartak” Miloshga ko'z tikdi


Moskvaning “Spartak” jamoasi Avstraliya terma jamoasi a'zosi Milosh Degenek bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Bu haqida “Mundo Portal" ma'lum qilmoqda. “Tsrvena Zvezda” jamoasi himoyachisi borasida Moskva klubi allaqachon rasmiy taklif yuborgan va serblardan javob kutmoqda.

Eslatib o'tamiz, bu mavsumda Degenek Serbiya birinchiligining 22 ta o'yinida maydonga tushdi va o'z hisobiga 2 ta gol yozib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
“Stad Olimpik Emrin” deb nomlanuvchi Madagaskar chempionatida ishtirok etuvchi klub futbolchilari 2002-yilgi mavsum chempioni “AS Adema” jamoasi bilan bo’lgan bahsda o’z darvozalariga 149 ta avtogol kiritadilar.
Bosh sahifa
Online: 0 / 33
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Butsa.uz@gmail.com