logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:54
KirishA'zo bo'lish
Transfer olamidagi yangiliklar
 16 May, 05:35  228

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Rabo uchun talabgor ko'paymoqda


 

Turinning “Yuventus” jamoasi yarim himoyachisi Adrien Rabo “zebralar” safini tark etishga yaqin turgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

“Calciomercato” nashri bergan xabarlarga qaraganda, frantsiyalik futbolchi uchun kurashga Londonning “Arsenal” jamoasi ham qo'shildi.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, Arteta markaziy yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olishni qishda istagan, biroq “Yuve” uni sotishni istamgan. Endilikda, ispaniyalik mutaxassis “to'pchilar”dan ikkinchi bor urunib ko'rishni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq yarim himoyachining hizmatlari bilan APLning 6 ta klubi qiziqish bildirgan edi.

Barselona” “Bavariyagaqarshikurashda

 

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yozda klubni tark etishga yaqin turgan Nelson Sameduning o'rniga futbolchi izlashni boshladi.

“Tribalfootball” nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, klub “Ayaks” fulbekki Serjino Destni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, “Barselona” Emersonni “Betis”ga sotib yuborish orqali Destning transferiga pul ishlab olmqochi.

Eslatib o'tamiz, Serjino borasida “Ayaks”ga avvalroq “Bavariya” taklif bilan chiqqan edi.

Torreyra ortga qaytmoqchi


 

Angliyaning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Lukas Torreyra yozda Italiyaga qaytishni istamoqda.

“Daily Mail” nashri bergan xabarlarga qaraganda, futbolchi Mikel Artetaning e'tibordan chetda qolgani bois klubda qolishni istamayapti.

Manbaning ma'lum qilishicha, urugvaylik futbolchining agenti allaqachon “Roma” va “Milan” klublari bilan muzokaralar olib borishni boshladi.

“Inter” uni sotmaydi!


 

Milanning “Inter” klubi himoyachisi Nikola Barelle borasida “Arsenal”dan taklif olgan edi.

Klub rasmiy sayti bergan xabarlarga qaraganda, jamoa 23 yoshli futbolchisi sotmaslikka qaror qilgan va “koninirlar”ga ham rad javobini bergan.

Manbaning ma'lum qilishicha, “Inter” shu yilning oxirida o'z himoyachisi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o'tkazadi.

Kavani uchun yangi variant


 

Parijning PSJ jamoasi hujumchisi Edinson Kavani yozda Milanning “Inter” klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.

“Corriera Della Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, urugvaylik futbolchini shaxsan Antonio Konte o'z jamoasda ko'rishni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan hujumchi bilan “Manchester Yunayted”. “Chelsi”, “Atletiko Madrid”, “Inter Mayami” va bir nechta arab klublari qiziqish bildirmoqda.

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
1995 yili jahonning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan liberiyalik Jorj Veada oz emas, ko‘p emas naq 15 nafar (!) aka-uka va opa-singli bo‘lgan.
Bosh sahifa
Online: 1 / 29
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™