logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:38
KirishA'zo bo'lish
Transfer olamidagi yangiliklar
  3 Dekabr, 09:45  136

.

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Neymar Messi bilan keyingi yil birga o'ynamoqchi

Parij super klubining hujumchisi Neymar "Manchestee Yunayted"ga qarshi uchrashuvdan so'ng, o'z fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

"Barchasidan ko'ra ko'proq Leo bilan birga to'p surishni istayman. U bilan maydonda yana birga bo'lish orzusidaman.

U mening o'rnimda to'p surishi mumkin edi. Leo bu ishni ortiqcha muammosiz bajargan bo'lar edi. Biz bu ishni kelasi mavsumda amalga oshirishimizdan umidvorman."

Klopp keladimi?

Germaniya futboli rahbarlari terma jamoa rulida "Liverpul" ustozi Yurgen Kloppni ko'rishni istamoqda.

Bild nashrining ma'lum qilishicha, Lyov amalga oshirayotgan ishlardan nemis futbol muxlislarining ko'ngli to'lmayapti. Shu bois, tez orada murabbiylar rokirovkasi amalga oshishi mumkin.

Manbaning ma'lum qilishicha, agar yaqinlashib kelayotgan Evropa chempionatida "bundestim" muvaffaqiyatli ishtirok etmasa, Kloppga rasmiy taklif bilan chiqiladi.

Nagelsman Xediraga ko'z tikdi

"RB Leyptsig" jamoasi ustozi yulian Negelsman o'z intervyusida Samiga bee'tibor emasligini oshkor qildi.

"Xedira istalgan jamoani kuchaytirishga qodir. Undagi ulkan tajriba va etakchilik salohiyati bunga imkon beradi. Uning bugungi kundagi futbolchilik faoliyatiga nazar solish juda alamli."

Eslatib o'tamiz, bu mavsumda Xedira birorta o'yinda maydonga tushgani yo'q.

Pyontek nishonda

Italiyaning "Fiorentina" klubi Polshalik hujumchi Kshishtof Pyonet bilan shartnoma imzolash maqsadidan qaytgani yo'q.

"Calciomercato" nashrining ma'lum qilishicha, aslida, klub yozda Pyontek bilan aloqa chiqqan, ammo urinish omadsiz kechgan edi. Endilikda, jamoa hujumchi uchun 30 million evro saflamoqchi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Kshishtof "Milan" va "Jenoa" safida ishonchli to'p surgan.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Bosh sahifa
Online: 0 / 9
Foydalanuvchi qoidalari